Yangiliklar
Bugungi ish soatlari jamoamizning muhtarama ayollari, xotin-qizlarini tantanali kutib olish bilan boshlandi
  • 07.03.2024
  • 87

Bugun, 2024-yil 7-mart sanasida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati binosida ish soatlarining boshlanishi jamoamiz ayollarni tantanali kutib olish bilan boshlandi.

Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yigitlari, jamoamiz erkak xodimlari muhtarama ayollarimizni guldastalar bilan kutib olishdi. Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar ulashildi.

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz ayollar, jamoamiz xotin-qizlari!

Hurmat bilan,

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi

 

FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>