Yangiliklar
Ayol — go‘zallik va matonat timsoli
  • 07.03.2024
  • 118

 8-mart bayrami har yil mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanishi nazokatli opa-singillarimizga bo‘lgan alohida e’tibor va hurmat belgisi, aslida.

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida ham qadrli ayollarimizga, aziz opa-singillarimizga, munis onaxonlarimizga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini yanada yaxshilashda ayollarning o‘rni beqiyos ekanligi e‘tirof etildi.

Tadbir doirasida Filialimizning munis ayollariga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan barcha xotin-qizlar esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ishchi-xodimlarimiz tomonidan aytilgan she’rlar hamda tabrik so‘zlari bayramga o‘zgacha fayz va shukuh baxsh etdi.

 ✍️ Maxmut Pardayev, “Samarqand MET” filiali direktori

FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>