Yangiliklar
Kecha mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 18 ta nosozlik bartaraf qilindi
  • 12.03.2024
  • 54

Bu haqda AOKAda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev maʼlum qildi.

Kecha, 11-mart kuni isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beramiz.

11-mart kuni elektr stansiyalar orqali 235,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 3 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 49,5 mln kubometr tabiiy gaz, 19,8 ming tonna ko‘mir hamda 1,9 ming tonna mazut yoqildi.

Turkmaniston Respublikasidan 14,4 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.

Respublika isteʼmolchilariga 208,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz ko‘p elektr energiyasi, 143,6 mln kubometr, rejadagiga nisbatan 7 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berildi.

Kecha mamlakatimizdagi 1 ming 343 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13 million 378 ming kubometr tabiiy gaz sotildi.

Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali isteʼmolchilarga 810 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari avtobenzin hamda dizel yonilg‘isi bilan mavjud ehtiyojni to‘liq qoplaydigan darajada taʼminlanmoqda. Xususan, 11-mart kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4 ming 50 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Shuningdek, birja savdolariga avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun 8 ming 470 tonna avtobenzin, 1 ming 296 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 5 ming 574 tonna avtobenzin hamda 1 ming 52 tonna dizel yonilg‘isi sotildi

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda.

Respublika hududlari bo‘ylab elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelayotgan nosozliklar ham tezkor bartaraf etib borilmoqda.

Kecha mamlakatimiz bo‘ylab kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 18 ta nosozlik bartaraf qilindi.

Xususan, soat 12 dan 15 daqiqa o‘tganida Xorazm viloyatida kuchli yomg‘ir tufayli 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmog‘i 78 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan. Oqibatda Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlaridagi 12 ming 500 ta isteʼmolchilar qisman hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 14:30 dan boshlab isteʼmolchilarning elektr taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanib, soat 22 dan 58 daqiqa o‘tganida to‘liq tiklangan.

Soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli yomg‘ir tufayli 6-10 kVli 8 ta elektr uzatish tarmog‘i 13 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan. Oqibatda To‘rtko‘l hamda Beruniy tumanlarida yashovchi 1 ming 900 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilgan Soat 20 dan 23 daqiqa o‘tganida isteʼmolchilarning elektr taʼminoti to‘liq tiklangan.

Soat 23 dan 22 daqiqa o‘tganida Samarqand viloyatida 110 kVli “L-Loish” elektr uzatish tarmog‘i 10 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan. Oqibatda Pastdarg‘om, Oqdaryo, Payariq tumanlaridagi 2 ming 450 ta isteʼmolchi va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan. Soat tungi 12 dan 21 daqiqa o‘tganida isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklangan.

Bugun soat 6 dan 45 daqiqa o‘tganida Samarqand viloyatida kuchli yomg‘ir va shamol tufayli 6-10 kVli 15 ta elektr uzatish tarmog‘i 50 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yana 10 ta elektr uzatish tarmog‘i 25 MVt quvvat bilan qo‘lda o‘chirilgan. Oqibatda Urgut hamda Pastdarg‘om tumanlaridagi 13 ming 700 ta isteʼmolchi va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Soat 7 dan 50 daqiqa o‘tganida esa Jizzax viloyatida kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli 6-10 kVli 6 ta elektr uzatish tarmog‘i 5 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan. Buning natijasida Baxmal, G‘allaorol, Paxtakor va Zomin tumanlaridagi 1 ming 300 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan maxsus brigadalar tarafidan ushbu nosozliklar barataraf qilinmoqda.

11-mart kuni elektr taʼminotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga isteʼmolchilardan 71 ta murojaat kelib tushdi va barchasi maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy hamda suyultirilgan gaz taʼminoti bo‘yicha kelib tushgan 59 ta murojaat bo‘yicha ham tegishli tartibda tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi.

Hurmatli isteʼmolchilar! Agar Siz elektr energiyasi va gaz taʼminoti bo‘yicha qandaydir muammoga duch kelsangiz, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqamiga, shuningdek, 71-207-23-76 telefon raqami yoki “Telegram”dagi @het_admin administratorga, gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 qisqa raqamlariga, shuningdek, 71-202-11-04 telefon raqami yoki “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi maxsus guruhga hamda ko‘mir taʼminoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/42616

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>