Yangiliklar
“O‘zbekiston MET” AJ – YETTB: energetika sohasi rivoji yo‘lidagi hamkorlik mustahkamlanadi — uza.uz
  • 12.03.2024
  • 67

Bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yevroosiyo, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha energetika direktori Aida Sitdikova boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

“O‘zbekiston MET” AJ axborot xizmatining ma'lum qilishicha, unda tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan investitsiya loyihalarining holati atroflicha tahlil qilindi.  

Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimiz energetika tizimi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga urg‘u berildi.  

Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalar yuzasidan ham fikr almashdi.  

 

N.Ziyodullaeva, O‘zA

 

Manba: https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>