Yangiliklar
Bosh prokuratura: Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda
  • 13.03.2024
  • 93

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlarida aniqlanishicha, fuqarolar O.P va A.Ch.lar Toshkent viloyati Parkent tumanining “Oqtepa” mahallasi hududidagi dala hovlida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 3,4 mlrd. so‘mlik 772,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O.P. va A.Ch.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom  etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta'minlanadi.

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/38598

FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>