Yangiliklar
"O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati: davlat manfaatlariga jami 215 mlrd 648 mln so‘m zarar yetkazilgan
  • 14.03.2024
  • 60

Joriy yilning o‘tgan davrida 88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 215 mlrd 648 mln so‘m zarar yetkazilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ma'lum qildi.

Joriy yilning shu kuniga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta'minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2 ming 156 ta iste'molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan: 88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz (132 mlrd 701 mln so‘m) va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan (82 mlrd 948 mln so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami  215 mlrd  648 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Shuningdek, so‘ngi ikki oyda kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste'molchilarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 42 ta holat aniqlandi. Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan elektr ta'minoti korxonasi tomonidan jami 26 mlrd 82 mln so‘m (7 mln 999 ming kilovatt-soat) miqdori qayta hisob-kitob qilindi.

Joriy yilning shu vaqtiga qadar iste'molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 1 ming 484 ta ma'muriy ish rasmiylashtirildi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning 795 tasi elektr energiyasi, 689 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi ma'lum bo‘ldi.

Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 22 ta holatda 131 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Inspeksiya tomonidan iste'molchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha so‘ngi ikki oyda jami 1 ming 692 ta obyektning elektr ta'minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 979 ta iste'molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.

Shuningdek, energetika ob'ektlariga tegishli 259 ta obyektning elektr ta'minoti loyihalari kelishilib, shundan 189 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Energiya resurslaridan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy va o‘g‘rincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar ta'minoti barqarorligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yo‘li bilan qonunga zid ravishda foydalanish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qat'iy choralar ko‘rilishini unutmang!

 

 

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/42668

https://telegra.ph/ZHorij-jilning-%D1%9Etgan-davrida-88-mln-529-ming-metr-kub-tabiij-gaz-va-77-mln-366-ming-kilovatt-soat-ehlektr-ehnergiyasidan-no%D2%9Bonun-03-13

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>