OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Bosh prokuratura: Yashash xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyat britgan fuqaro aniqlandi
  • 14.03.2024
  • 48

Yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, fuqaro Q.A. Namangan viloyati Namangan tumani "Elaton" mahallasidagi yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 938,2 mln. so‘mlik 445,7 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro  Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom  etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta'minlanadi.

Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/38688

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>