Yangiliklar
Online: Xitoyning «CSGI — China Southern Power Grids International» kompaniyasi mutaxassislari taqdimot o‘tkazishmoqda
  • 14.03.2024
  • 45

Ayni paytda, 2024-yil 14-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ kichik majlislar zalida Xitoyning «CSGI  — China Southern Power Grids International» kompaniyasi vakillaridan iborat  delegatsiya bilan taqdimot uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
 
⚡️ CSGI kompaniyasi vitse-prezidenti janob Chjan Tanji boshchiligigagi delegatsiyani “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi ishchi guruh kutib oldi.
 
Uchrashuv mavzusi: Yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tok tarmoqlarini qurish bo’yicha texnik-muhandislik takliflar. Uchrashuv ishtirokchilari, mutaxassislar, shuningdek, energiya saqlovchi qurilmalar va tizim barqarorligini saqlashda ulardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>