Yangiliklar
uzbekistonmet.uz — 5 gektar yer maydonida «Yashil belbog‘» barpo etilmoqda
  • 17.03.2024
  • 42

Avval xabar  berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son farmoniga muvofiq, «O‘zbekiston MET» AJning tegishli buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 5 gektar yer maydoniga 20 ming dona terak ko‘chati o‘tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasini yana-da ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida «Yashil belbog‘»lar barpo etilishi belgilab berilgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

 

>