Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 2 ta elektr uzatish tarmog‘i belgilangan ishlarni xavfsiz bajarish uchun vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi
  • 18.03.2024
  • 58

«O‘zbekiston MET» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali  shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ–191-sonli qaroriga muvofiq qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yangi qurilayotgan 500 MVT bo‘lgan fotoelektr stansiyasi hamda Talimarjon IES 220 kV  ochiq taqsimlash qurilmasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini uzatgichlari texnik-muhandislik nomi Farhod–1 va Farhod–2 bo‘lgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ining ustidan kesib o‘tganligi sababli, 2024 yil 19 mart kuni 08:00 dan 10:00 gacha 110 kV kuchlanishli Nishon–1 va Nishon–2 elektr uzatish tarmoqlari navbatma-navbat, belgilangan ishlarni xavfsiz bajarish uchun, vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.

⚡️ 110 kV kuchlanishli Farhod-1 va Farhod-2 elektr uzatish tarmoqlari esa 10:00 dan 18:00 gacha tarmoqdan uziladi.

Eslatib o‘tamiz, 110 kV kuchlanishli Farhod–1 va Farhod–2 elektr uzatish havo tarmog‘i Nishon–1 va Nishon–2 liniyalarining (otpayka) shaxobchasi orqali ta'minlangan.

❗️ Bunda iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmaydi, faqatgina 2 ta tarmoq orqali yetkazib berilayotgan elektr energiyasi vaqtincha bitta tarmoq orqali yetkazib beriladi.

⚡️ Iste'molchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>