Yangiliklar
Navro'z bayrami arafasida sport o‘yinlari musobaqasi tashkil etildi
  • 20.03.2024
  • 62

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida yoshlar siyosati borasida turli yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

⚡️ Misol uchun, Navro'z bayrami munosabati bilan, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari tomondan ishchi-xodimlari o‘rtasida sport o‘yinlari musobaqasi tashkil etildi.

Yuqori kuchlanishli tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislardan iborat jamolar hamda yakka tartibda sportning shashka, shohmot, mini futbol turlari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bahs olib borishdi. Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

✍️ Farhod Sobirov, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar yetakchisi

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>