Yangiliklar
Qurilish-montaj ishlarni xavfsiz bajarish uchun 2 ta 10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi
  • 25.03.2024
  • 57

Avval xabar berganimizdek, 10 kV kuchlanishli Jayron–1 va Jayron–2 elektr uzatish tarmoqlari belgilangan ishlarni xavfsiz bajarish uchun 2024 yil 23 mart kuni 08:00 dan 19:00 gacha tarmoqdan uzib turilishi hamda Qashqadaryo viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 iyundagi PQ–191-sonli qaroriga muvofiq qurilish-montaj ishlarining bir amaliyoti bajarilishi eʼlon qilingan edi.

❗️ Elektr taʼminotining texnik-muhandislik zaruriyatlari tufayli belgilangan muddatda 2 ta 10 kV kuchlanishli liniyalar tarmoqdan uzilmadi va qurilish-montaj ishlarining bajarilish muddati boshqa kunga qoldirildi.

⚡️Yuqoridagilarni inobatga olib shuni maʼlum qilamizki, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yangi qurilayotgan 500 MVT bo‘lgan fotoelektr stansiyasi hamda Talimarjon IES 220 kV  ochiq taqsimlash qurilmasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining uzatgichlari Talimarjon GRES-110/10 kV dan chiquvchi 10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ining ustidan kesib o‘tganligi sababli, 2024 yil 26–27 mart kunlari 08:00 dan 19:00 gacha 10 kV kuchlanishli Jayron–1 va Jayron–2 elektr uzatish tarmoqlari, belgilangan ishlarni xavfsiz bajarish uchun, vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.  

⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Facebook  ‖ InstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>