Qiziqarli xabarlar
Botqoliklar global isish jarayonini sekinlashtirishga yordam berishini bilasizmi?
  • 27.02.2024
  • 44

Suvli-botqoqlar karbonat angidridini yutish orqali global isish jarayonini sekinlashtiradi va ifloslanishni kamaytiradi. Torfli botqoqliklar o’zida dunyodagi barcha o'rmonlardan ko'ra ikki barobar(!) ko'proq uglerod saqlaydi. Afsuski, suvli-botqoliklar o'rmonlarga qaraganda uch baravar tezroq yo'q bo'lib ketmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 1970 yildan beri dunyodagi barcha suvli-botqoq joylarning 35 foizi yo'qolgan. Bunga inson faoliyati omili sabab bo'lmoqda: qishloq xo'jaligi va qurilish uchun hududlarni quritish, suv havzalari va tuproqni ifloslantirish, baliq ovlash va resurslardan haddan tashqari foydalanish, iqlim o'zgarishlari shular jumlasidandir.

Manba: https://t.me/clearenergy/2409

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>