Yangiliklar
Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 26.03.2024
  • 74

Bugun, 2024-yil 26-mart kuni “O‘zbekiston MET” AJ kichik majlislar zalida Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirligi delegatsiyasi bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 
⚡️Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Juma Daler Shofakir boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi ishchi guruh kutib oldi. Uchrashuvda, shuningdek, Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy despetcherlik markazi» DUK rahbari M.Boboyev ham ishtirok etdi.
 
Ishchi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv davomida Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi doirasidagi hamkorlikda loyihalarining holati, texnik-muhandislik muammolarining yechimlari, dispetcherlik markazlari faoliyati, shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasida energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori kuchlanishli yangi elektr tarmoqlarini qurish va ulardan tizim faoliyatining barqarorligini taʼminlashda samarali foydalanish usullari, dispetcherlik markazlari faoliyatini yuksaltirishda tajriba almashish, elektr energetika tarmog‘iga tatbiq etilayotgan raqamli dastur va uskuna-jihozlarni amaliyotga tatbiq etish, releli himoya va avtomatika tizimlari o‘lchamlarini sozlash masalalarini atroflicha tahlil qildilar.

Uchrashuvda, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energetika umumtizimiga taʼsirini o‘rganish, "yashil energiya" manbalaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasi zaxira manbalari — akkumlyatsiya jarayonining ahamiyati va iqtisodiy samarasi, bundan tashqari, ikki mamlakat chegara hududlarida joylashgan elektr tarmoqlarini taʼmirlash-sozlash amaliyotlariga taalluqli masalalarni muhokama qilishdi.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>