Yangiliklar
Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmogʻi 60 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.
  • 28.03.2024
  • 43

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda isteʼmolchilarni boshqa manbalardan taʼminlash choralari koʻrilyapti.

Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm boʻlgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qoʻporilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda noqulay ob-havo (qattiq shamol va yomgʻir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/10980

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>