Yangiliklar
“Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda
  • 29.03.2024
  • 56

Avval xabar berganimizdek, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filialida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettirilmoqda. Filial tasarrufidagi energetika obyektlari va maʼmuriy binolarning yer maydonlari hamda to‘siq devorlari atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Filial xodimlari tomonidan 110 dona shaftoli, 25 dona nok, 10 dona olma mevali ko‘chatlar ekildi. Loyiha doirasida xurmo, o‘rik, gilos kabi mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>