Yangiliklar
Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi
  • 17.04.2024
  • 44

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi.

► Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigi;

2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining “bazaviy me’yorlari”.

2024-yil 1-maygacha yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko‘rib chiqiladi.

✅ Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

➖Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

✔️Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

♦ noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi;

elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt⋅soatgacha.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11127

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>