OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: Elektr energiyasi uchun eng qimmat to‘lovchi mamlakatlar qaysilar? (+video)
  • 18.04.2024
  • 73

Elektr energiyasi insoniyatning eng muhim ehtiyojlaridan biridir. Mamlakatlarning geografik joylashuvi, texnologik taraqqiyot darajasi ushbu ehtiyoj narxlarining oshishi yoki kamayishiga olib kelib, aholi daromadiga ta’sir o‘tkazadi.

Elektr energiyasini oddiy suv g‘ildiraklari va shamol tegirmonlaridan tortib, ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalari, quyosh panellari, gidroyelektr to‘g‘onlari va atom elektr stansiyalarigacha bo‘lgan turli xil usullar yordamida ishlab chiqarish mumkin.  

Biz quyida elektr energiyasi uchun eng qimmat narx to‘laydigan mamlakatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz. Misol uchun, AQSHda elektr energiyasi uchun o‘rtacha oylik to‘lov 2023-yil sentyabr oyidagi kommunal to‘lovlarga asoslangan holda oyiga 149 dollarni tashkil qiladi. Elektr narxi odatda uyning kattaligi, unda yashovchi odamlar soniga va shtatlarga qarab o‘zgaradi. Masalan, 3 xonali uy uchun o‘rtacha elektr to‘lovi oyiga 163 dollarni tashkil etadi. Bir kilovatt-soat uchun o‘rtacha 16,11 dollarni tashkil qiladi. 

Elektr narxi yuqori bo‘lgan ba’zi mamlakatlar statistikasiga qarab chiqamiz:  

Daniya  

Daniyada elektr energiyasi dunyoning deyarli boshqa joylariga qaraganda qimmatroq. Bir kilovatt-soat uchun daniyaliklar taxminan 0,54 dollar to‘laydi. Bir qancha omillar, jumladan, infratuzilma, geografiya va soliqlar bu narxning asosiy qismini tashkil qiladi. Xususan, Daniya elektr energiyasi uchun eng yuqori soliq stavkalariga ega. Mamlakatda elektr energiyasi narxining yarmi qo‘shimcha soliq bilan bog‘liq.  

Germaniya  

Ko‘pgina manbalarga ko‘ra, Germaniya Daniyadan katta farq qilmagan holda, elektr energiyasi narxi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Nemislar elektr energiyasi uchun o‘rtacha bir kilovatt-soat uchun taxminan 0,53 dollar to‘laydi. Daniyada bo‘lgani kabi, Germaniyaning bir kilovatt-soat tarifining yarmiga yaqini elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yuqori soliqlar bilan bog‘liqligi aytiladi.  

Birlashgan Qirollik  

Buyuk Britaniya aholisi har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun o‘rtacha 0,48 dollar to‘laydi. Garchi Daniya yoki Germaniya kabi qimmat bo‘lmasa-da, Buyuk Britaniyaning yuqori narxlari asosan ularning joylashuvi bilan bog‘liq. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun an’anaviy qazilma yoqilg‘ilarga bog‘lanib qolish, shuningdek, neft bozori o‘zgarishi elektr narxining keskin o‘zgarishiga olib kelmoqda.  

Avstriya  

2022-yil o‘rtalarida Avstriyada elektr energiyasining o‘rtacha narxi 0,471 dollarni tashkil qildi. Keyinchalik 2022-yilda Avstriya hukumati elektr energiyasi uchun har bir xonadon uchun narx chegarasi bilan tajriba o‘tkazdi, ammo bu dastur o‘zini oqlamadi.  

Italiya  

Italiyaliklar 2022-yil o‘rtalarida elektr energiyasi uchun bir kilovatt-soat uchun o‘rtacha 0,470 dollar to‘lagan. Italiya elektr energiyasining qariyb 50 foizini tabiiy gazni yoqishdan ishlab chiqaradi. Shu sababli, elektr energiyasi narxi ancha o‘zgaruvchandir. Bu tabiiy gaz narxining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.  

Belgiya  

Belgiyaliklar 2022-yilda iste’mol qilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,45 AQSH dollaridan sal ko‘proq pul to‘lashgan. Garchi bu xarajatning katta qismi soliqlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, Belgiyaning geografik joylashuvi uning elektr energiyasining katta qismini qo‘shni davlatkarga qaram qilib qo‘yadi, bu esa o‘z navbatida narx qimmatlashuviga olib keladi.  

Bermud orollari  

Bermud oroli aholisi 2022-yilda bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun o‘rtacha 0,395 dollar to‘lagan. Dunyodagi eng kichik mamlakatlardan biri bo‘lgan Bermud orolining er maydoni 53,2 km² (20,5 mil²) ni tashkil qiladi va 65 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shunday qilib, mamlakatda quyosh massivlari, shamol fermalari yoki atom inshootlari kabi yirik elektr stansiyalari uchun zarur bo‘lgan joy yo‘q. Bundan tashqari, daryolarning bo‘lmasligi gidroyenergetika variantini yo‘qqa chiqaradi. Shuning uchun mamlakat faqat import va qimmat yoqilg‘iga tayanadi.  

Ispaniya  

Ispaniya fuqarolari har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun taxminan 0,26 dollar to‘lashlari mumkin. Daniya va Germaniyani hisobga olmaganda, bu xarajat boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha yuqori.  

Ruanda  

Ruanda Afrikadagi eng qimmat elektr energiyasiga ega davlat. Ruanda fuqarolariga bir kilovatt-soat uchun taxminan 0,235 dollar tushadi. Bu, shubhasiz, Yevropaning aksariyat mamlakatlaridagi narxlardan past bo‘lsa-da, AQSH, Eron yoki Saudiya Arabistoni kabi neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagidan sezilarli darajada yuqori hisoblanadi.  

Sardorbek Poyonov, Abror Sodiqov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA.

Manba: https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>