Yangiliklar
Axborot xizmatlari rahbarlari uchun Nukusda milliy konferensiya o‘tkazilmoqda
  • 20.04.2024
  • 31

AOKA hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesi hamkorligida 18-20-aprel kunlari Nukus shahrida vazirlik va idoralar matbuot kotiblari uchun milliy koneferensiya tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Agentlik direktori A.Xodjayev ishtirokchilarni qutlab, sohadagi islohotlar, natijalar hamda muammo va yechimlar haqida raqamli ko‘rsatkichlar bilan batafsil to‘xtaldi.

"Oxirgi paytlarda axborot makonida turli feyk va yolg‘on axborotlar soni ko‘payib, foydalanuvchilar orasida aniq, xolis va haqqoniy manbaga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda. Bunday talabni qondirishda davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari muhim o‘rin tutadi.

Axborotlashgan jamiyatda milliy kontent yaratish, bu jarayonlarda davlat organlari axborot xizmatlari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yaxshi uslub va infotexnologiyalardan foydalanish masalasi birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda.

XXI asrda axborot xurujlari eng katta tahdidlardan biriga aylandi. Axborot xavfsizligini taʼminlash milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifa bo‘lib qolmoqda", deya taʼkidladi nutqi davomida A.Xodjayev.

⚡️ Bugun o‘z ishini boshlagan konferensiya doirasida o‘tkaziladigan panel sessiyalarida:

  • respublikada va hududlardagi axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi: mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari;

  • tashkilot imijini yaratish, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil qilishda rahbar va axborot xizmati hamkorligi mavzularida taqdimotlar, keng munozarali suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.

Matbuot kotiblari o‘z chiqishlarida axborot xizmatlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash orqali xalqaro indikatorlarga ijobiy taʼsir ko‘rsatish, doimiy muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlar, OAV, media bilan ishlash mexanizmlarini zamonga muvofiqlashtirish, shuningdek, media texnika vositalaridan samarali foydalanish usullarini o‘rganish bo‘yicha ham treninglar o‘tkazildi.

 

 

#aoka_konferensiya

18-20-aprel kunlari AOKA tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengesi hamkorligida axborot xizmatlari rahbarlari uchun tashkil etilgan “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi milliy konferensiya doirasida panel sessiyalar, treninglar, Media Quiz bellashuvlari o‘tkazildi.

Manba: https://t.me/aoka_uz/10621

https://t.me/aoka_uz/10636

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>