Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ko‘chamizning boshiga transformator qo‘yish kerakligi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga bir necha bor aytilgan. Biroq haligacha qo‘yilgani yo‘q...»
  • 19.04.2024
  • 40

Murojaat egasi: Isroilov Boxodir Adhamovich, Namangan viloyati.

Elektron pochta: bohodirhujaisroilov@gmail.com

 

Murojaat mazmuni: Men Isroilov Boxodir — Namangan viloyati, Chortoq tumani, “Xazratishoh” MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida yashayman. Ko‘chamizning boshiga transformator qo‘yish kerakligi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga bir necha bor aytilgan. Biroq haligacha qo‘yilgani yo‘q. Transformator bor, lekin tuman elekt tarmoqlari tomonidan MFY raisi murojaat qilishiga qaramasdan, “EKTP yo‘q bizda”, degan javob olinmoqda. Bizning MFY tuman markazidan 45 km uzoqda, Qirgiziston bilan chegara hududda joylashgan. Lekin chegara hudud bo‘lishiga qaramasdan TETB tomonidan murojaat eʼtiborsiz qoldirilmoqda ekan. Shuning uchun sizlarga murojaat qilishdan boshqa ilojim qolmadi. Iltimos, murojaatimni etiborsiz qoldirmasangiz, degan umiddaman.

 

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Boxodir Adhamovich o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

 

 Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Energetika vazirligi: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati.
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 231-1661.(7046)

Devonxona: (998 71) 236-2708.

 

MUROJAATLAR BO‘YICHA: 71-231-8118


Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>