Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Mening bu fikrim bilan elektr energiyasi arzon narxda, har bir fuqaroga bir xilda (adolat bilan) taqsimlangan bo‘lardi...»
  • 29.04.2024
  • 57

Murojaat egasi: Eshonov Abdurashid xonadoni.

Elektron pochta: rashid712010@mail.ru

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Har bir xonadonga 200 kVt∙soat arzon narx elektr yetkazib berish noto‘g‘ri qaror. Bitta oilada 3 kishi bo‘lsa ham 200 kVt∙soat, 10 kishi bo‘lsa ham 200 kVt∙soat... Aslida 4 kishigacha bo‘lgan xonadonlarga 200 kVt∙soat, 4 kishidan ko‘p bo‘lgan xonadonlarga har bir boshga 50 yoki 70 kVt∙soatdan qo‘shimcha “lgota” berilishi kerak edi.

Masalan, xonadonda 6 kishi yashasa, 4 kishiga 200 kVt∙soat, 2 kishiga x 50 dan = 100 kVt∙soat. Jami 6 kishilik xonadonga 300 kVt∙soat.

9 kishilik xonadonga: 4 kishiga 200 kVt∙soat, qolgan 5 kishiga 50 kVt∙soatdan “dobavka” 200 kVt∙soat. Jami 9 kishilik xonadonni 450 kVt∙soat arzon narxdagi elektr energiyasi bilan taʼminlanganda to‘g‘ri bo‘lar edi.

Bu 4 kishidan ko‘p bo‘lgan oilalarning har bir shaxsi 50 yoki 70 kVt∙soat qo‘shimcha arzon narxdagi elektr energiyasi bilan taʼminlanganda, O‘zbekistonning har bir fuqarosi bir xil, arzon narxdagi elektr energiyasidan foydalangan bo‘lar edi.

Men bilaman, ko‘pgina boshliqlar xalqning gaplariga eʼtibor bermasligini. Ammo mening bu fikrim bilan elektr energiyasini arzon narxda, har bir fuqaroga bir xilda (adolat bilan) taqsimlanadi. Sizlar taqsimlaganday, har bir xonadonga 200 kVt∙soat arzon narxda berilganda, bitta oilada 3 kishi bo‘lsa, ular kamroq elektr energiyasi isteʼmol qiladi. Aksincha, oilada 9 kishi bo‘lsa, ko‘p elektr energiyasi isteʼmol qilinadi. Bularni hisobga olmagansizlarmi? Meni-ku, qimmat narxda bo‘lsa ham, to‘lashga imkonim bor. Ammo kam taʼminlangan va ko‘p bolali oilalarga nisbatan bu juda ham noto‘g‘ri qaror.

Hurmat ila,  
Eshonov Abdurashid.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Abdurashid Eshonov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan, yaʼni bildirilgan taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi mutasaddilariga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilagan narxlar asosida isteʼmolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi turdosh tashkilotlar: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgaztaʼminot” AJ Matbuot xizmatlariga yuborildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

MUROJAATGA JAVOB: Barchamizga maʼlumki, 2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilindi.

https://lex.uz/docs/6884060

Isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish — energiya resurslar taʼminotida barqarorlik taʼminlanishi uchun o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘lib, unda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy himoya unsurlari adolatli tarzda belgilab berilgan, deb hisoblaymiz. Bunga isteʼmolchilarning III guruhi uchun tariflar va mamlakatimiz hududlari bo‘yicha istish mavsumi va  isitilmaydigan mavsumlar uchun belgilangan choralar adolatli tarzda taqsimlangan.

Misol uchun, Siz har bir xonadonga “arzon narx elektr energiyasi”, deb nomlagan “bazaviy meʼyor”  (200 kVt∙soat) hajmida ham, 201 dan 1000 kVt∙soatgacha bo‘lgan 900 so‘m narxidayam elektr energiyasining davlat subsidiyalash tizimi saqlanib qolgan shaklda rioya etiladi va ayni paytda 1 kVt∙soat elektr energiyasining tannarxi 1000 so‘m atrofida tebranib turibdi.

QO‘SHIMCHA MAʼLUMOT:

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/. “

Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks : 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

Energetika vazirligi: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati.
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 231-1661.(7046)

Devonxona: (998 71) 236-2708.

MUROJAATLAR BO‘YICHA: 71-231-8118

Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>