Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Nima uchun elektr energiyasi narxi shu darajada ko‘tarildi?»
  • 30.04.2024
  • 74

Murojaat egasi: Kamalov Alimbay Sultanovich, Afg‘on urushi 2-guruh nogironi.

Elektron pochta: kamalovalimbaj@gmail.com

Murojaat mazmuni: Nima uchun elektr energiyasi narxi shu darajada ko‘tarildi? Xalqni o‘ylanglar! Qanday kun ko‘rish muammo, yana limit qo‘yilibdi.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Alimbay Sultanovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan, yaʼni bildirilgan taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi mutasaddilariga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilagan narxlar asosida isteʼmolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi turdosh tashkilotlar: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgaztaʼminot” AJ Matbuot xizmatlariga yuborildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

MUROJAATGA JAVOB: Barchamizga maʼlumki, 2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilindi.

https://lex.uz/docs/6884060

Isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish — energiya resurslar taʼminotida barqarorlik taʼminlanishi uchun o‘z vaqtida qabul qilingan qaror bo‘lib, unda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy himoya unsurlari adolatli tarzda belgilab berilgan, deb hisoblaymiz. Bunga isteʼmolchilarning III guruhi uchun tariflar va mamlakatimiz hududlari bo‘yicha istish mavsumi va  isitilmaydigan mavsumlar uchun belgilangan choralar adolatli tarzda taqsimlangan.

Misol uchun, har bir abonentga “bazaviy meʼyor”  (200 kVt∙soat) hajmida ham, 201 dan 1000 kVt∙soatgacha bo‘lgan 900 so‘m narxidayam elektr energiyasining davlat subsidiyalash tizimi saqlanib qolgan shaklda rioya etiladi va ayni paytda 1 kVt∙soat elektr energiyasining tannarxi 1000 so‘m atrofida tebranib turibdi.

 

QO‘SHIMCHA MAʼLUMOT:

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/. “

Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks : 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

 

Energetika vazirligi: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport:

Metro: «Amir Temur» bekati.

Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)

Telefon: (998 71) 231-1661.(7046)

Devonxona: (998 71) 236-2708.

 

MUROJAATLAR BO‘YICHA: 71-231-8118

Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi:

dushanba– juma: 9:00 - 18:00

tushlik vaqti: 13:00 - 14:00

shanba, yakshanba: dam olish kuni

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>