OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Kommunal xizmat ko'rsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi
  • 03.05.2024
  • 32

“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlik asosida investisiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha huquqiy eksperimentni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-236-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi

► Qarorga ko'ra:

♦ 2023-yil 1-oktabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo'mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munisipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar ushbu tizimlarni o'zaro integrasiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

♦ 2024-yil 1-yanvardan munisipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati  tomonidan monitoring qilinadi.

Toshkent shahridagi davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to'lanadigan ijara to'lovi miqdorlari har yili 31-dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.

✅  2023-yil 1-oktabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida (quyidagi ro'yxatda keltirilgan) Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-yanvargacha kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integrasiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.

▶️  2024-yil 1-martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz ta'minoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.

⇒ 2024-yil 1-yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to'lov asosida foydalaniladi.

▶️  Manba

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>