Yangiliklar
2024-yil 14 – 16-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston energetika haftaligi bo‘lib o‘tadi
  • 08.05.2024
  • 68

Ushbu haftalik doirasida energetikaga oid bir qator muhim tadbirlar rejalashtirilgan:

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi;

“Energetika, energiyani tejash, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2024” 17-xalqaro ko‘rgazmasi;

➖ 4-Xalqaro energetika konferensiyasi;

➖ G2B va B2B uchrashuvlari;

➖ Energetika vazirligi va tizim tashkilotlarining sport va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlari: neft-gaz va energetika sektoridagi yoshlar marafoni – “UNG-YOUTH MARAFON”, “Zakovat” intellektual o‘yini, videoroliklar tanlovi, “Quvvat” 3D animatsion multfilmlar seriyasi taqdimoti, mutaxassislarning IT salohiyati hakatoni, eng yaxshi startaplar va innovatsion takliflar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda boshqalar.

⇒  Batafsil

Tel.: 71 205 18 18

www.energyforum.uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11328

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>