Yangiliklar
"TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI FAOLIYATIGA BIR NAZAR...
  • 27.10.2020
  • 2137

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali Jamiyati tarkibidagi boshqa filiallar kabi elektr energiyasini energiya ishlab chiqaruvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilishini amalga oshirish (transportirovka), magistral elektr tarmoqlarini ta'mirlash, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr tarmoqlari bilan o'zaro aloqalarda ishtirok etish bilan shug'ullanadi.

 

   Filialining asosiy maqsadi magistral havo tarmoqlari va podstansiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib, iste'molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashdan iborat.

   U "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ning 2019-yil 23-iyuldagi 45-sonli buyrug'i hamda "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali to'g'risidagi Nizom asosida faoliyat yuritadi.

 Filial direktori Rasulov Anvar G'aniyevich, fuqarolar murojaatlari bo'yicha qabul kuni va vaqti: juma kuni, soat 14:00 dan 17:00 gacha. Elektron pochta: toshkentshahar@uzbekistonmet.uz

 

Modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi

   Podstansiyalarda ekspluatatsiya ishlarini amalga oshirishda ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalarni zamonaviy xalqaro standartlarga mos keladigan elektr uskunalar bilan yangilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi 3284-sonli qarori asosida "Qo'yliq", "Yuksak" va "Ozodlik" podstansiyalarida 2022-yilgacha qiymati 48,5 mln AQSh dollari miqdorida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi mo'ljallangan.

 

 

 

Hozirgi kunda quyidagi ishlar bajarildi:

   · "Qo'yliq" podstansiyasida 2x125 MVA quvvatli transformatordan 1 tasi 200 MVA quvvatlisiga almashtirildi. Buning natijasida 75 MVA quvvat zaxirasi yaratildi. Ikkinchi transformatorni almashtirish bo'yicha qurilish-montaj ishlarini yakunlash dekabr oyida mo'ljallangan

   · "Yuksak" podstansiyasida 2x40,0 MVA quvvatli transformatordan 1 tasi 63,0 MVAli quvvatli trasformatorga almashtirildi. Buning natijasida 23 MVA quvvat zaxirasi yaratildi. Ikkinchi transformatorni almashtirish 1-noyabr kuniga mo'ljallangan.

 

 

 

2020/2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari

   2020-2021-yil kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha iste'molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashda uzilishlarning oldini olish maqsadida 7 ta podstansiyada jami 9 ta o'chirgich va 4 ta kuch transformatorlari mukammal ta'mirlandi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi tarmoqlardagi yo'qotishlarni kamaytirish bilan bir qatorda elektr xo'jaliklarini 2020-2021-yil kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirishga, elektr energiyasini hisobga olish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

 

 

"Uchqun" sport kompleksida amalga oshirilgan ishlar

   Loyiha hujjatlari bo'yicha filial uchun yangi uch qavvatli ma'muriy bino qurilishi mo'ljallangan bo'lib, hozirgi kunda bino qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Mazkur dargoh eng so'nggi zamonaviy texnika va mebellar bilan jihozlangan bo'lib, barcha qulayliklarga ega.

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialining yangi ma'muriy binosi "Uchqun" sport majmuasida maydonidagi eski bino o'rnida qad ko'targani ham jamiyat ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirgani rost. 6 ta tennis maydonchalari va bir nechta boshqa sport inshootlariga ega mazkur sport-sog'lomlashtirish majmuasida nafaqat energetiklar va ularning farzandlari, balki Toshkent shahri aholisi va poytaxt mehmonlari keng foydalanishlari mumkin.

 

 

   "Uchqun" sport majmuasida O'zbekiston tennis federatsiyasi bilan hamkorlikda yosh tasnifiga qarab sport to'garaklari tashkil etilgan bo'lib, tennis sporti mashg'ulotlari belgilangan vaqtlarda karantin qoidalariga qat'iy amal qilingan holda amalga oshiriladi.

  Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va zarur shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni asosida, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlash, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida sportning tennis turi bo'yicha "Yosh energetiklar" sport musobaqasi tashkil qilindi. G'oliblar munosib taqdirlandi.

 

 

 

Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyot rivoji

   2020-yil "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan podstansiyalarimizda elektr energiyasi uzatishda tarmoqdagi yo'qotishlarga barham berish, uskunalarni zo'riqishdan muhofaza qilish maqsadida quvvat sarfini ishonchli nazorat qiladigan "Radiomer" avtomatlashtirilgan tizimi tatbiq etilmoqda.

 

 

 

   "Radiomer" avtomatlashtirilgan tizimi podstansiya navbatchi xodimlariga qabul qilingan va uzatilayotgan elektr energiya parametrlarini, transformatorlar haroratini nazorat qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga xodimlar mobil telefonlari orqali elektr energiya oqimi ma'lumotlarini kuzatib borish va saqlangan ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi.

 

 

QO'SHIMCHA MA'LUMOT:

 

   uzbekistonmet.uz: "TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI TAQDIMOTI: OLDINGI VA KEYINGI http://uzbekistonmet.uz/uz/

   uzbekistonmet.uz: "TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI TAQDIMOTI: OLDINGI VA KEYINGI http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

"TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI: KARANTIN DAVRIDAGI ELEKTR TA'MINOT http://uzbekistonmet.uz/uz/

"TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI: KARANTIN DAVRIDAGI ELEKTR TA'MINOTI http://uzbekistonmet.uz/oz/

"TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALILA HASHAR UYUSHTIRILIB, YOSHLAR O`RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O`TKAZILDI http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

 

 

   «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALIDA HASHAR UYUSHTIRILIB, YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати

Телеграм каналига аъзо бўлиш учун  t.me/uzmetaxborotxizmati

>