Yangiliklar
ENERGETIKLARNING «UCHQUN» SPORT MAJMUASIDA «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI MA’MURIY BINOSINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
  • 28.10.2020
  • 1007

   Bugun, 27-oktabr kuni soat 11:30da «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma'muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamiyat ma'muriyati, energetika sohasining taniqli mutaxassislari, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy energetiklar jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi Tennis federatsiyasi ustoz-murabbiylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

   Foydalanishgan topshirilgan yangi bino energetiklarning «Uchqun» sport majmuasi ichida bo‘lib, hozirda zamonaviy arxitektura talablariga binoan qayta tiklangan va zamonaviy dizayn yechimlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda ta'mirlangan filial endilikda sport-sog‘lomlashtirish markazi bilan yonma-yon faoliyat yuritadi.

   Bu, o‘z navbatida, energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘i vakillarining jismoniy tarbiya va sport bilan hamohanglikda mehnat faoliyati yuritishiga yanada turtki bo‘lib xizmat qilsa ajabmas.

 

   Tan olib aytish lozimki, mazkur sport majmuasi bir necha yil qarovsiz bir ahvolda qolgan edi. Fikrimizning isboti sifatida bundan bir-ikki yil oldin olingan suratlarga boqishingizning o‘zi kifoya. Bugungi kunda sport majmuasi bir nechta ochiq va yopiq maydonchalariga ega sport kompleksi bo‘lib, unda nafaqat energetiklar, balki Toshkent shahri aholisi va poytaxtimiz mehmonlari foydalanishlari mumkin.

 

   «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialining yangi ma'muriy binosi loyiha hujjatlari bo‘yicha uch qavvatli etib qurilishi nazarda tutilgan edi. Qurilish ishlari tugallangach, atrof ko‘kalamzorlashtirildi, manzarali daraxtlar ekildi, yashil maydon ichiga dam olish o‘rindiqlari o‘rnatildi, yordamchi bino va avtoturargohlar barpo etildi. Majmuadagi tennis kortlari qayta ta'mirlanib, bir necha turdagi sport ajom-uskunalari xarid qilindi.

Filialning ma'muriy binosi hozirda eng so‘nggi zamonaviy texnika va mebellar bilan jihozlangan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. O‘z-o‘zidan ma'lumki, yaratilayotgan sharoitlar yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga munosib ish sharoiti yaratish, ularning mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yangi binoga yangi texnika, raqamli texnologiyalarni joriy etib, ish jarayoniga zamonaviy dasturlarni tatbiq etishga qulay imoniyatlar yaratildi.
 

   Xulosa qilib aytganda, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarufidagi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialining yangi ma'muriy binosi «Uchqun» sport majmuasida maydonidagi eski bino o‘rnida qad ko‘targani Jamiyat ishchi-xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga turtki bo‘lib, bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonining ijrosini ta'minlashga xizmat qilishiga umid bldiramiz.  

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

 

   "TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI FAOLIYATIGA BIR NAZAR...

   http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz  

   Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati   

   Facebook: https://www.facebook.com/

   Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet   

   Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz 

   Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz   

   E-xat: UzbekistonMET@exat.uz  

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga binoan davlat tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari faoliyat yuritmoqda.

   To‘liq havolalar: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/3729 

   Ma'lum qilamizki, Jamiyat veb-saytida «MUROJAATLAR» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari (iste'molchilar, tadbirkorlar) o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega.

   Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/379 

   Батафсил: http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/379 

   Shu bilan birga, veb-sahifaning «OAV VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH» ruknida e'lon qilingan ma'lumot va xabarlarni kuzatib boring!

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati  

>