OAV va jamoatchilik bilan ishlash
SPORT BAYRAMIGA TAKLIF ETAMIZ!
  • 04.12.2020
  • 460

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosi yuzasidan "O'zbekiston MET" AJda joriy yilning 5-dekabr kuni soat 10:00da Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi hamda yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorlikda shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalarini o'tkazish va musobaqa g'oliblariga qimmatbaho sovg'alar taqdim etish marosimlari bo'lib o'tadi.

   Tadbiriga ommaviy axborot vositalari va barcha sportsevar do'stlarni taklif etamiz.

   Manzil: Toshkent shahri, "Uchqun" sport maskani, Yunusobod tumani, D-2 kvartal, 31-uy.

   Bog'lanish uchun telefon: 99 852 7991 (Azizbek Botirov —Yoshlar Ittifoqi sardori)

   Veb-sahifa: http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmat

>