Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRI STIPENDIYASI TA’SIS ETILDI
  • 15.03.2021
  • 457

  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutasaddiligidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Energetika vaziri stipendiyasi” ta’sis etildi.

  Mazkur buyruqqa asosan, Energetika vaziri stipendiyasi 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti va “MEI” Milliy tadqiqot universitetlarining Toshkent shahridagi filiallarida tahsil olayotgan 3 nafargacha bo‘lgan eng iqtidorli talabalariga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida har oyda to‘lab boriladi.

  Stipendiatlarga Energetika vazirligi tomonidan “Energetika vaziri stipendiyasi sohibi” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovhalar beriladi.

  Shu bilan birga, stipendiatlarni o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng vazirlik tizimidagi tashkilotlarda ish bilan ta’minlanishi kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligining Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1162

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>