Yangiliklar
“Mahallabay” ishlash tizimi samarasi
  • 10.05.2021
  • 567

   Prezidentimiz topshirig‘iga binoan shakllangan “mahallabay” ishlash tizimi aholi farovonligini yuksaltirish, fuqarolarimiz yashash darajasini oshirishga xizmat qilishi bilan o‘z natijadorligini ko‘rsatmoqda.

 

 

   Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini keng targ‘ib etish bo‘yicha Toshkent shahrining Yashnobod tumani mahallalarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

 


Yashnobod tumanining “Asalobod” mahallasida amalga oshirilgan ishlar shu jumladan. Mazkur mahallada qurilish-bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

 

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ko‘p yillardan buyon mahallada istiqomat qiluvchi afg‘on urushi faxriysi Shoniyoz Mavlonov xonadoni bayram sovg‘asi sifatida mukammal ta'mirlanib o‘z egalariga topshirildi.

Xonadon ahli amalga oshirilgan qurilish ishlari va yaratib berilgan maishiy sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

 

 


– Ko‘p yillardan buyon ushbu mahallada istiqomat qilaman, lekin bu darajadagi keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish va bunyodkorlik ishlarini kuzatmagandik, insonlarning muammolarini hal qilishga bunchalik kuch safarbar etilmagan edi, bu barchamizni xursand qilishi tabiiy – deydi afg‘on urushi qatnashchisi Shoniyoz Mavlonov.

 


Ayni paytda mahalla hududida asfalt yotqizish ishlari yakunlandi, 5 ta bolalar maydonchalari ta'mirlanib, eskilarining o‘rnida yangilari bunyod etildi, avtoturargoh, dam olish alleyalari, futbol, basketbol va voleybolga ixtisolashgan sport maydoni foydalanishga topshirildi.

 

 

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1250

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>