Yangiliklar
Online: malaka oshirish o‘quv darslari davom ettirilmoqda
  • 21.05.2021
  • 974

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassis xodimlarining malakasini oshirish maqsadida energetika sohasidagi xalqaro ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish hamda zamonaviy ish uslublarini o‘zlashtirish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Peterburg energetika malaka oshirish instituti (PEIPI) bilan hamkorlik aloqalari  yo‘lga qo‘yilgan.

  Ayni kunlarda  “Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini ta'mirlash va modernizatsiya qilish» («Ekspluatatsiya, remont i modernizatsiya vozdushnûx liniy elektroperedachi vûsokogo napryajeniya») mavzusi bo‘yicha onlayn darslar tashkil etilgan bo‘lib, magistral elektr tarmoqlari korxonalaridan poytaxtga yetib kelgan mutaxassis xodimlar tahsil olishmoqda.

  Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 19-may kuni boshlangan o‘quv kursi 29-may sanasigacha davom etadi.

✍️ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
  t.me/uzmetaxborotxizmati

>