Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari filiallarida yuqumli kasallik profilaktikasi bo‘yicha o‘quv-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
  • 25.05.2021
  • 594

«O‘zbekiston miliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi «Namangan tibbiy-sanitariya qismi» tibbiy muassasasi 2021-yil 17-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan energetiklar o‘rtasida «COVID–19» yuqumli kasalligi bilan bog‘liq o‘quv-targ‘ibot tadbirlarilarini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

 

 Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Namangan tibbiy-sanitariya qismi» muassasasining shifokor mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiya va elektr tarmog‘i brigadalari ishchi-xodimlari o‘rtasida «COVID-19» yuqumli infeksiyasi tarqalishini oldini olish, ishchi-xodimlar tibbiy gigiena qoidalariga amal qilishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval tuzib olindi.

  Ushbu reja asosida joriy yil 20-may kuni «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/10 kVli «Sardor» podstansiyasida 26 nafar, 21-may kuni 220/110/10 kV li «Qizil-Ravot» podstansiyasida 25 nafar muhandis hamda elektromontyor xodimlar ishtirokida davra suhbati — mahorat darslari o‘tkazildi.

 

   Bugun, 25-may kuni esa 220/110/10 kV kuchlanishli «Obi-hayot» podstansiyasida ham «COVID-19» yuqumli infeksiyasi tarqalishini oldini olish, xodimlar tibbiy gigiena qoidalariga amal qilishi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 O‘tkazilgan davra suhbatida tibbiy-sanitariya muassasasi shifokorlari tomonidan podstansiya ma'muriyati va ta'mirlash binolarida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda ushbu kasalliklardan himoyalovchi vositalar bilan ta'minlanganligi, zararsizlantirish vositalaridan foydalanilish tartibi o‘rganilib, ehtiyot choralarini ko‘rish yuzasidan podstansiya rahbarlariga tushuntirish ishlari olib borildi.

 
 
 

 Tadbir davomida yuqumli kasallikni yuqtirgan bemorlardagi dastlabki alomat belgilari, kasallangan xodim aniqlanganda podstansiya rahbariyatining xatti-harakati bo‘yicha tavsiyalar berildi.

  Shuningdek, tadbir davomida energetiklarning kuyish va yengil jarohat olganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi bo‘yicha savollariga shifokorlar batafsil ma'lumotlar berishdi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va sun'iy nafas berish amaliyotlari shifokorlar tomonidan ko‘rgazmali holatda ko‘rsatib berildi.   

 Magistral elekr tarmoqlari filiallarida yuqumli kasallik profilaktikasi bo‘yicha o‘quv-targ‘ibot tadbirlari davom ettiriladi.

✍️ A.M.Kamoliddinov,  «O‘zbekiston MET» AJ «Namangan tibbiy-sanitariya qismi» muassasi bosh shifokori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>