Yangiliklar
«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali: “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” shifokorlari ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
  • 26.05.2021
  • 521

  «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialida Kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari bilan hamkorlikda joriy yilning 21–25-may kunlari yuqori kuchlanishli podstansiyalarning ishchi-xodimlari uchun “COVID-19”  — koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash mavzusida kengaytirilgan o‘quv seminari o‘tkazildi.

  O‘quv seminarida «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Toshkent tibbiy-sanitariya qismi» tibbiy muassasasining terapevt-shifokori   Sh.M.Obidjonova hamda pulmonolog-shifokor H.S.Hamdamova ishtirok etib, yuqumli kasallikning oldini olish, uning belgi-alomatlari, emlanish, tahlillar topshirish, davolanish va kasallikdan so‘ng salomatlikni tiklash bo‘yicha kecha-yu kunduz poytaxtimiz elektr ta'minotiga mas'ul bo‘lgan mutaxassis xodimlarga atroflicha tushuntirish ishlari olib borishdi.

  Shuningdek, seminar darslari davomida muhandislar, elektr montyorlari, elektr chilangarlar, haydovchilar, qorovul hamda farroshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonida — xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinmay, yengil jarohat olganda, qay tartibda birinchi yordam ko‘rsatish, shu bilan birga, rahbariyatga, yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat olib boruvchi navbatchilarga, Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xodimlariga tezkor xabar berish, tibbiy muassasaga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shifokorlar tomonidan sun'iy nafas oldirish va jarohatni bog‘lash bo‘yicha mahorat mashqlari ko‘rsatildi.

  Bir so‘z bilan aytganda, tashkil etilgan tibbiy profilaktika va targ‘ibot tadbirlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatning 2020-yil 4-dekabrdagi 386-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash, ishchi-xodimlar o‘rtasida yuquli kasalliklar tarqalib, ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishining oldini olish, energetiklar gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilib xizmat vazifasini bajarishi muhimligini tushuntirishga qaratilgandir.

A.G‘.Rasulov, «O‘zbekiston MET» AJ«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>