Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari zamonaviy hamda chidamli — ko‘p yillik ekspluatatsiyaga yaroqli izolyator va elektr jihozlari bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda
  • 04.06.2021
  • 523

  ✅ Avval xabar berganimizdek, 2021-yil 5-6-aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Inno Prom” sanoat ko‘rgazmasida “O‘zbekiston MET” AJ Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishuv imzolagan edi.

  Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ strategik loyihalar departamenti boshlig‘i Roman yelovenko bilan uchrashdi.

  Dastlab hamkorlik kelishuvlari o‘zbekistonlik mutaxassislarni Rossiyaning mazkur kompaniyasi tasarrufidagi amaliy mashg‘ulot kurslarida o‘qitib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspuatatsiya qilish va rivojlantirishga mas'ul bo‘lgan mutaxasislarga yangi turdagi izolyator va boshqa elektr qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha malaka oshirish amaliyotlarini o‘z ichiga olgandi. Endi esa xorijiy hamkor vakili ayni paytda zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi izolyator hamda elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining boshqa jihozlari afzalliklari, chidamliligi haqida ma'lumot berib, Hukumatlararo kelishuvlarga asosan e'lon qilinayotgan tender savdolarida ishtirok etish istagini bildirdi.

  ☑️  Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida xalqaro hamkorlar uchrashuvlari davom etmoqda.

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>