Yangiliklar
8-iyun — Xavfsizlik texnikasi kuni
  • 08.06.2021
  • 348

✅ Ma'lumki, asosan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tez-tez turli tadbir va mashg‘ulot hamda nazorat o‘rganishlari o‘tkazib turiladi.

  «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning maxsus ko‘rsatmasiga binoan bugun, 8-iyun — “Xavfsizlik texnikasi kuni” etib belgilangan. Ayni paytda ushbu nazorat-o‘rganish tadbirlariga mas'ul mutaxassislar 5 ta magistral elektr tarmoqlari filiallari tarkibidagi podstansiyalarda xavfsizlik texnikasi talablarini o‘rganishmoqda.

  Misol uchun, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlannishli «Obi hayot» podstansiyasida Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasining 2-toifali muhandisi A.Fozilov hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati sektor boshlig‘i K.Miralievlar podstansiya mutaxassislari ishtirokida xavfsizlik texnikasiga tayyorgarlik darajasini o‘rganishmoqda.

✍️ Axborot xizmati

>