Yangiliklar
“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali: “Adolat” va “Chirchiq” podstansiyasi amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari to‘g‘risida hisobot
  • 08.06.2021
  • 578

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi «Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonctruksiya qilish to‘g‘risida»gi 3284-sonli qaroriga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi podstansiyalarda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to‘g‘risida ma'lumot (2021-yil 1-iyun holatiga).

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentyabrdagi 3284-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan investitsiya dasturiga asosan «Toshkent MET» filialining “Adolat” va “Chirchiq” podstansiyalaridagi 2 dona 125 MVAli transformatorlarni 200 MVAli, bundan tashqari, 2 dona 200 MVAli transformatorlarni 2 dona 250 MVAli transformatorlariga almashtirish nazarda tutilgan.

☑️ 2021-yilning 1-may holatiga “Adolat” podstansiyasidagi 2 dona 200 MVA transformatorlar 250 MVAli transformatorlariga almashtirildi. Shuningdek, “Chirchiq” podstansiyasidagi 2 dona 125 MVA transformatorlar 200 MVAli transformatorlariga almashtirildi.

Jumladan:

I. 220/110/10 kV kuchlanishli “Adolat” podstansiyasi bo‘yicha:
✔️ ?200 MVAli 2 ta avtotransformator 250 MVAli 2 ta avtotransformatorlarga almashtirildi;
✔️ ?Yong‘in o‘chirish tizimi nasoslari binosi va Nazorat o‘tkazish punkti binosi ta'mirlandi;
✔️ 220 kVli ochiq taqsimlovchi qurilmaga 9 dona, 110 kVli ochiq taqsimlovchi qurilmaga 18 dona zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi;
✔️ 220 kV va 110 kV ochiq taqsimlovchi qurilmalarda hamda podstansiya hududida 500 metr yo‘laklar kapital ta'mirlandi, beton devor o‘rniga yevro to‘siqlar o‘rnatildi. 900 metr kabel lotoklari ta'mirlandi va 1650 dona beton qopqoqlar yotkizildi;
✔️ 220 kV va 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmalar hududida yoritish tizimi to‘liq energotejamkor yoritkichlarga almashtirildi;
✔️ 220 kV ochiq taqsimlovchi qurilmaga 6 dona, 110 kV ochiq taqsimlovchi qurilmaga 6 dona va 10 kV ochiq taqsimlovchi qurilmaga 6dona o‘ta kuchlanish chegaraligichlari o‘rnatildi.
✔️ Yordamchi binolar to‘liq kapital ta'mirlandi.
✔️ 108 elementli AKB va quvvatlash uskunasi o‘rnatildi (akkumlyator).

II. 220/110/35 kV kuchlanishli “Chirchiq” podstansiyasi bo‘yicha:
✔️ 125 MVAli 2 ta transformator 200 MVAli 2 dona transformatorlariga almashtirildi;
✔️ Yong‘in o‘chirish tizimi nasoslari binosi va Nazorat o‘tkazish punkti binosi to‘liq qurib bitkazildi, barcha jihozlar bilan ta'minlandi.
✔️ Ochiq taqsimlovchi qurilma — 220 kV 10 dona, 110 kV 14 dona va 35 kV 12 dona elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi;
✔️ 220 kV OTQ hududida kabel lotoklari o‘rnatildi;
✔️ 220 kV OTQ yuqori kuchlanish va ikkilamchi kabellar yotqazildi;
✔️ 220 kV OTQda - 6 dona, 110 kV OTQ da-9dona va 35kVda-9dona OPN o‘rnatildi.
✔️ Ochiq taqsimlovchi qurilma — 220 kV 15 dona, 110 kV 6 dona va 35 kV  6dona transformator tok o‘rnatildi.
✔️ 108 elementli AKB va quvvatlash uskunasi o‘rnatildi (akkumlyator);
✔️ ?OPU binosida shkaflar o‘rnatilib sozlash ishlari amalga oshirildi;
✔️ 200 metr/kub sig‘imga ega bo‘lgan 2 dona suv saqlash rezervuarlari to‘liq qurib bitkazildi.

A.Boymuhammedov, “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati.

>