OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“XIMIYA” PODSTANSIYASIDA SODIR BO‘LGAN NOSOZLIK SABABLARI O‘RGANILMOQDA
  • 12.06.2021
  • 441

  Yaqinda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «“Ximiya” podstansiyasida elektrenergiya ta'minotidagi uzilish “Navoiyazot” AJda rejadan tashqari to‘xtalishlarga sabab bo‘ldi» nomli xabarnoma e'lon qilindi.

 

 

 

Batafsil: http://uzkimyosanoat.uz/uz/press/news/navoiyazot-energy

 ☑ Sodir bo‘lgan nosozlik yuzasidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutasaddilari taqdim qilgan ma'lumotlarga tayanib quyidagilarni ma'lum qiladi:

 

 

  Joriy yilning 10-iyun kuni soat 23:30da 220/110/10 kV kuchlanishli «Ximiya» podstansiyasida 110 kVli I-CSh (shinalar sistemasi) favqulotda o‘chgan. Oradan 2 daqiqa o‘tgach, ya'ni soat 23:32da 110 kVli I-CShga qo‘lda qayta ulash (RPV) orqali kuchlanish berilgan.

   “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Tarmoq dispetcherlik xizmati (TDX) navbatchi dispetcherlari tomonidan 110 kVli L-X-5 havo tarmog‘ining “V” fazasida kuchlanish yo‘qligi haqida ma'lumot berilgan. Dastlabki olingan ma'lumotlarga ko‘ra o‘chish sababi “Navoiy HETK” AJ balansida bo‘lgan 110 kVli L-X-5 havo tarmog‘ining 55-sonli anker tayanchi shleyfi ankerga yaqinlashgan va yoy hosil bo‘lgan. Hosil bo‘lgan yoy natijasida shleyf uzilgan. Bu holat fotosuratlarda yaqqol ko‘rinadi.

 

 

  110 kVli L-X-5 havo tarmog‘ining 55-sonli anker tayanchida sodir bo‘lgan yoy natijasida «Ximiya» podstansiyasidan chiqish joyi “V” fazasiga o‘rnatilgan yuqori chastotali cheklovchi shleyfi xam uzilgan. «Ximiya» podstansiyasi navbatchi xodimi tomonidan shleyf uzilganligini aniqlanib, “Navoiy HETK” AJ TDX navbatchi dispecherlariga ma'lumot berilgan. TDX navbatchi dispecheri V-L-X-5 o‘chirgichini o‘chirib, sxemasini ajratishga topshiriq bergan.

 

   “Navoiy HETK” AJ balansida bo‘lgan 110 kVli L-X-5 havo tarmog‘ida sodir bo‘lgan avariyaviy holat 220/110/10 kV kuchlanishli «Ximiya» podstansiyasida V-T-1-110 va MShV-110 o‘chirgichlarini yer bilan qisqa tutashuv himoyasidan o‘chishiga olib kelgan. Buning oqibatida 110 kVli I-CSh bog‘lamlari bilan kuchlanishsiz qolgan. Bu esa “Navoiyazot” AJ ob'ektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110 kVli L-X-4, L-X-10, L-X-15 tarmoqlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilish sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

 

 

  220/110/10 kV kuchlanishli «Ximiya» podstansiyasi reli himoyasi xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv olib borilgan dastlab tekshiruv natijalariga ko‘ra:

 - V-L-X-5 o‘chirgichining rele himoyasida hyech qanday kamchilik aniqlanmagan;

 - Uzilgan shlef anker tayanchga yaqinlashganda yoy hosil bo‘lgan natijada yer bilan qisqa tutashuv hosil bo‘lgan. Lekin tok kuchi kamligi sababli V-L-X-5 o‘chirgichi ZNZ himoyasidan uchmagan. Buning oqibatida MShV-110 va V-T-110 o‘chirgichlari ZNZ himoyaidan o‘chgan;

   - O‘chish 23:30 da sodir bo‘lgan. 23:32 da L-Zarafshondan tashqari barcha o‘chgan liniyalarga kuchlanish berilgan. NKMK o‘z texnologiyasini soat 00:35da, “Navoiy azot” korxonasi esa soat 03:45da tiklagan.

  Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar dastlabki o‘rganish natijalari bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv — zanjirli o‘chish sabablari atroflicha o‘rganilmoqda. Bundan keyin bu kabi nosozliklarning oldini olishga qaratilgan tekshirish va sozlash ishlari olib borilmoqda.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>