Yangiliklar
“Quyi Mozor” podstansiyasida qo‘shimcha 190 MVA quvvat yaratilmoqda
  • 17.06.2021
  • 372

  Buxoro viloyatidagi 220 kVli “Quyi Mozor” podstansiyasida filial texnik ishchi-xodimlari hamda “Turonelektromontaj” AJ korxonasi quruvchilari tomonidan yirik hajmdagi modernizatsiya-rekonstruksiya hamda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

  Misol uchun, 2021-yilda “Janubi-g‘arbiy hududdagi podstansiyalarda elektr jihozlarini modernizatsiya qilish” loyihasining tarmoq-jadval rejasiga muvofiq 220 kVli “Quyi Mozor” podstansiyasiga 63 MVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatilib, ishga tushirildi.

  Shu bilan birga, ushbu podstansiyada 63 MVA quvvatli 1 ta hamda 125 MVA quvvatga ega 2 ta transformatorlarni o‘rnatish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

  Sanab o‘tilgan amaliyotlar viloyatning Kogon, Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon va Peshku tumanlari aholisi, shuningdek, suv xo‘jaligi hamda sanoat tarmoqlarini elektr energiya ta'minoti ishonchliligini oshirib, o‘tkazuvchanlik quvvatini oshiradi.

 

  S.S.Arslonov, “Buxoro MET” filiali direktori

 

Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>