Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 2021-yil 24–25-iyun kunlari 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasida seminar mashg‘ulotlari hamda maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkaziladi
  • 23.06.2021
  • 287

✅   Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar ichida 7 ta 500 kV kuchlanishli podstansiyalar mavjud. Mazkur toifalangan ob'ektlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilim-malakasini oshirish, harbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, sanoat va yong‘in xavfsizligi masalalari yuzasidan tegishli o‘quv seminarlari hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish belgilangan. Toifalangan ob'ektlardagi tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatining tegishli topshiriqlariga muvofiq ishlab chiqilgan Chora-tadbirlari rejasida ham aks etgan.

  Yuqoridagilarni inobatga olib, Surxondaryo viloyati hokimiyati Matbuot xizmati hamda boshqa jurnalist va blogerlar 2021-yil 24-iyun kuni soat 15:00 da «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan ko‘rgazmali o‘quv seminari, 25-iyun kuni esa soat 7:30 dan 16:00 ga qadar davom etadigan 500 kVli «Surxon» podstansiyasida harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin.

  Tadbirda «O‘zbekiston MET» AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi xodimlari, toifalangan ob'ektlarga ega 7 ta viloyat magistral elektr tarmoqlari filiallaridan mutaxassislar, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiyati, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda boshqa tashkilot va tuzilmalardan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-71-208-5598.

Veb-sahifaTelegram Facebook InstagramTwitterUtubeYoutube

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>