Yangiliklar
Endi davlat organlari hamda tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni veb-saytlariga joylashtirib, jamoatchilik muhokamasiga havola etadi
  • 28.06.2021
  • 337

  ✅ Endilikda  davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni avval veb-saytlariga joylashtirib, so‘ngra jamoatchilik ishtirokida muhokama etadilar

  “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6247-son, 16.06.2021 y.) qabul qilindi.

  Farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro‘yxati (33 ta) tasdiqlandi.

  ❗️ Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni har yili:

  ➖  1-martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10-martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;

  ➖  1-aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazadi.

  ✅ 2021-yil 1-iyuldan quyidagilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Ochiq ma'lumotlar portaliga (Portal) va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:

  ● amalga oshirilgan davlat xaridlari;

  ● mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;

  ● Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar;

  ● o‘zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.

  Batafsil manba: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/32

  Axborot hamkori: https://t.me/huquqiyaxborot

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>