Yangiliklar
Online: Ayni paytda Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi istiqbolli vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar tahlil etilmoqda
  • 29.06.2021
  • 318

  Ayni daqiqalarda videoaloqa shaklida Markaziy Osiyo Energetika Kengashining 35-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mintaqa energotizimidagi istiqbolli vazifalar va mavjud muammolar tahlil etilmoqda. Yig‘ilishda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.Artikov, Tizim xizmatlari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i A.Mirzayev hamda Xalqaro aloqalar va shartnomalar bo‘limi boshlig‘i B.Karimovlar ishtirok etmoqda.

  Shuningdek, onlayn rejimdagi yig‘ilishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston elektr energiyasi sohasi yetakchi mutaxassislari elektr ta'minoti bo‘yicha yoz mavsumida mintaqadagi texnik-muhandislik holatlar tahlili, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama etilmoqda.

  Yig‘ilishda «Energiya» xalqaro muvofiqlashtiruvchi dispecherlik markazi rahbari Hamidilla Shamsiyevning hisoboti tinglandi.

  Markaziy Osiyo Energetika Kengashining navbatdagi yig‘ilishi  — 34-sonli yig‘ilish bayonining ijrosi, bajarilgan ishlar hisoboti bilan boshlanib, Markaziy Osiyo mintaqasi elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirishning yangi bosqichlari, elektr energetika tarmog‘i dispetcherlarining o‘zaro muvofiqlikda xizmat ko‘rsatish shartlari, avariyaga qarshi avtomatika tizimini takomillashtirish, mintaqada elektr tarmoqlarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari, yutuq va kamchiliklar, dolzarb masalalar tahlili, shu bilan birga, Markaziy Osiyo Energetika Kengashining 2021-yil ikkinchi yarimyillik rejalari muhokama etilmoqda.

  Eslatib o‘tamiz, videokonferensaloqa yig‘ilishida «KEGOC» AJ, «Qirg‘iziston MET» OAJ, «Barki Tochik» ochiq aksiyadorlik xolding kompaniyasi, «Energiya» xalqaro dispetcherlik markazi hamda «O‘zbekiston MET» AJdan soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>