Yangiliklar
“Zakovat” intellektual o‘yinida faxrli 1-o‘rinni, stol tennisi musobaqasida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
  • 30.06.2021
  • 231

  2021-yil 27–30-iyun kunlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tashabbusi bilan “Yoshlar oyligi” tadbirlari doirasida “Birgalikda biz bir kuchmiz” xalqaro yoshlar forumi Navoiy viloyatining “Sarmishsoy” qadimgi manzilgoh darasida tashkil etildi.

  Elektr energetikasi va tog‘-kon sanoati korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qullab-quvvatlash, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Yaponiya yoshlari uchun muloqot maydonini yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu forumda 300 nafar yoshlar qatori “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yetakchilari ham faol ishtrok etdi. Jumladan “Navoiy MET” filiali yoshlar yetakchisi Shavkat Oynazarov ham ushbu forumda faol ishtrok etib, “Zakovat” intellektual o‘yinida faxrli 1-o‘rinni, stol tennisi musobaqasida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati 30-iyun — Yoshlar kuni bilan O‘zbekistondagi barcha yoshlarni chin yurakdan muborakbod etadi.

Axborot xizmati

>