Yangiliklar
Online: Ayni paytda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda “McKinsey & Company” konsalting tashkiloti mutaxassislari ishtirokida muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
  • 01.07.2021
  • 266

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyuldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta'minoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4791-son qarorlari ijrosi yuzasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asoslari (TIA) “McKinsey & Company” konsalting kompaniyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, o‘rganishlar xulosasiga asosan tayyorlangan hisobot Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga taqdim etilmoqda.

  «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi tomonidan konsalting kompaniyasi taqdimotida nazarda tutilmagan ayrim jihatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, qurilish-montaj ishlari jarayonida konsalting kompaniya e'tiborga olmagan masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ

Axborot xizmati

>