Yangiliklar
“Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” doirasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli “Farg‘ona” podstansiyasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
  • 06.07.2021
  • 329

  2021-yilning 1-iyuldan 1-avgustga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsizlik texnikasi ko‘rik oyligi” doirasida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi  220/110/10 kVli “Farg‘ona” podstansiyasida 6-iyul kuni barcha xodimlarni jalb etgan holda “Himoya vositalaridan foydalanish va   ish joylarini xavfsiz tashkil etish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

  Tadbirni “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining MXTG yetakchi muhandisi O.G‘.Djalolov ochib berdi va so‘zga chiqib, xodimlarga “Energetika tizimi iqtisodiyot motiri” ekanligini va Prezidentimiz  boshchiligida bugungi kunda sohada olib borilayotgan ijobiy ishlar haqida tushunchalar berib o‘tdi.

  Shuningdek, har tomonlama rivojlangan “Yangi O‘zbekiston” qurish yo‘lida energetika tizimini o‘rni va uning mohiyati hamda bu sohada xizmat qilayotgan xodimlarga davlatimizni rivojlantirish yo‘lida sidqidildan xizmat qilish har bir soha xodimi uchun katta sharaf ekanligini, yana bir bor “Jonajon xalqimiz turmushini yanada yaxshilash  uchun  halol va sifatli ishlash sharafdir” jumlasini yodga oldi.   

  O.G‘.Djalolov bugungi mavzu “Himoya vositalaridan foydalanish va ish joylarini xavfsiz tashkil etish” mavzusida himoya vostalari foydalanish tartibi va ularga qo‘yiladiga talablar to‘g‘risida  xodimlarga tushunchalar berib o‘tdi. Shundan so‘ng, podstansiya boshlig‘i R.Raximov nazorati ostida  navbatchi elektromontyori O‘.Nabiyev ishtiroqida 110 kVli L-7-F-1 o‘chirgichini ta'mirga chiqarish va brigada a'zolari  uchun qulay va xavfsiz ish joyini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotish o‘tkazildi.  

  Amaliy mashg‘ulot yakunida “Xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga amal qilish har bir xodim hayotining kafolati ekanligi hamda avariyali va baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun  eng asosiy chora ekanligini hamda xodimlarda innovatsion g‘oyalar, takliflar bo‘lsa tashkilotimiz bunday xodimlarni qo‘llashi, har tomonlama ko‘mak berishi xususida ta'kidlab o‘tdi va xodimlarga bir yerda to‘xtab qolmaslik, zamon bilan hamnafas tarzda yashash, ishlash, to‘g‘risida g‘oyalar, maqsadlar, takliflar berib tadbirni yakunladi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>