Yangiliklar
Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati: “Obi-hayot” podstansiyasi faoliyati o‘rganildi
  • 13.07.2021
  • 531

  Ma'lumki, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining 2021-yil 186-sonli sonli buyrug‘iga asosan joriy yil 1-iyuldan 1-avgustgacha “Xavfsizlik texnikasi” bo‘yicha ko‘rik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu ko‘rikni o‘tkazishdan asosiy maqsad — xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash, jarohatlanishlar hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirish, mehnat muhofazasi talablari bo‘yicha ishchi-xodimlar bilan ishlash, o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish, shu bilan birga, podstansiyalar orasida kasbiy musobaqalarni o‘tkazish orqali ularning bilim-malakasini yuksaltirishdan iborat.

 

 

  Ushbu ko‘rikni o‘tkazish bo‘yicha yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari ob'ektlarida olib borilayotgan ishlarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan rejali dasturlar rahbariyat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan. Bundan tashqari, joylardagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Aksiyadorlik jamiyatining markaziy boshqaruv apparatidagi malakali xodimlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida elektr tarmoqlari ob'ektlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

  Misol tariqasida “Namangan MET” filialiga qarashli 220 kV kuchlanishli “Obi-hayot” podstansiyasida qilingan ishlar ko‘zdan kechirilganda quyidagilar aniqlandi:

Podstansiyaning estetik holati qoniqarli;

Podstansiyasiga kirish yo‘laklari toza, beton to‘siqlar ohaklangan, ekin maydonlariga har-xil turdagi gullar ekilgan, mevali daraxtlarga ishlov berilgan;

Ko‘rik oyligi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida podstansiya binosining kirish qismiga bannerlar ilingan, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, ko‘rik oyligi burchagi, namunaviy naryadlar burchagi, e'lonlar burchaklari yangilanib, barcha buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar ko‘rik davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar aks ettirilgan.

Barcha xodimlar barcha buyruq va dasturlar bilan tanishtirilgan. Podstansiya xodimlari kerakli bo‘lgan maxsus kiyimbosh, maxsus himoya vositalari hamda yong‘in xavfsizligi anjomlari bilan ta'minlangan.

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7286

  Bundan tashqari, podstansiya ishchi-xodimlari o‘rtasida ko‘rik davomida qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olingan. Misol uchun, ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida oftobda ishlayotgan ta'mirlash brigadalari mutaxassislarida turli asoratli kasalliklar (oftob urishi) sodir bo‘lmasligi uchun tibbiyot xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Karantin qoidalariga amal qilish, tushintirish ishlari olib borildi. Muntazam texnik-iqtisodiy o‘qishlar amalga oshirildi. Avariya va yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar joylarda bartaraf etildi.

 

 

  Xodimlar bilan yana bir marta energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish qoidalariga asosan joylarda xodimlarga birlamchi, navbatdagi, navbatdan tashqari va maqsadli yo‘riqnomalarni o‘tilishi, xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar va boshqa ish joyiga o‘tkazilgan xodimlarni tayyorlash bo‘yicha dasturlarni mavjudligi, malaka oshirish olib borilishi va ushbu xodimlarga malakali xodimlari biriktirish masalalari o‘rganildi.

  Zoir Atayev, «O‘zbekiston MET» AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>