Yangiliklar
«Toshkent shahar MET» filialida “Ehtiyotkorlik — zamon talabi” shiori ostida o‘tkazilgan Xavfsizlik texnikasi oyligi tadbirlarining final bosqichi musobaqalar tarzida yakunlandi
  • 30.07.2021
  • 358

“O‘zbekiston MET” AJning 186-sonli «Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rik o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan “Toshkent shahar MET” filialning 2021-yil 17-iyunida 112-sonli buyrug‘i chiqarildi.

  Ushbu buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida Filialning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi homiyligida Yoshlar ittifoqi hamda "Toshkent tibbiy sanitariya qismi" muassasasining oliy toifali shifokorlari hamkorligida joriy yilning 28-iyul kuni Xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlash va jarohatlarning odini olish bo‘yicha 220 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasida 7 ta podstansiya xodimlari o‘rtasida musobaqa — tadbirlarning final bosqichi tashkillashtirildi.

  Keng qamrovli, bir necha bosqichdan iborat tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ish joyida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini so‘zsiz bajarishi uchun har bir ishchi-xodimlarning mas'uliyatini oshirishdan iboratdir.

 

 

  Tadbirni ochib berish uchun so‘z "Toshkent shahar MET" filiali direktori A.G‘.Rasulovga berildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7862

 Umuman olganda, bizning sohamiz katta mas'uliyatni va ehtiyotkorlikni talab etadi. Bugungi kunda elektr energiyasiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan, mas'uliyatli bo‘lgan bu ishda podstansiya xodimlarining xavfsizlik texnikasi talablarini to‘g‘ri va to‘liq bajarilishi o‘ta muhimdir, deya ta'kidladi, filial direktori o‘zining kirish nutqida.

 

  Musobaqaning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ Ishonchlilik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i Z.Ataev, O‘quv markazidan K.I.Norqulov, "Toshkent tibbiy sanitariya qismi" muassasidan shifokor terapevt Sh.M.Alimjanova, shifokor pulmonolog X.Hamdamova hamda filialning Izolyasiya guruhi yetakchi muhandisi B.Rustamovlar hay'at a'zolari qilib belgilandi.

1-bosqich: Elektr uskunasida naryad bo‘yicha ish joyini tayyorlash va brigadani ishga qo‘yish;
2-bosqich: Jabrlanuvchini elektr toki ta'siridan qutqarish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
3-bosqich: Amaldagi qoida va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilim-sinovini “Zakovat” intellektual  o‘yinlari ko‘rinishida sinash.
 

Tadbir davomida podstansiya xodimlari o‘zlarining bor bilim-saviyasi va kuch-g‘ayrati bilan yondashgan holda ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida nominatsiya g‘oliblari aniqlanib, ular faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar:

1 -o‘rin “Ozodlik” podstansiyasi xodimlari;

2 -o‘rin “Keles” podstansiyasi xodimlari;

3-o‘rin “Fayziobod” podstansiyasi xodimlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

 

 

 Taqdirlash marosimidan keyin xodimlarning hozirgi pandemiya sharoitida ruhiyatlarini ko‘tarish, baxtsiz hodisalar bo‘lmasligi, korxonamiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ehson dasturxoni yozildi va tadbir badiiy qism bilan yakunlandi.

E'tiboringizga tadbirda olingan fotosuratlarni taqdim etamiz: 

 

 

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 

✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>