OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Qorao‘zak shamol elektr stansiyasi tenderi bo‘yicha takliflar so‘rovi yakunlandi
  • 07.09.2021
  • 428

  2021-yilning 6-sentyabr kuni soat 18:00da Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi yuzasidan tender o‘tkazish uchun salohiyatli investorlarning takliflari bo‘yicha so‘rov yakunlandi.

  Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosidagi ushbu tender O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (yeTTB)ning texnik ko‘magida amalga oshirildi.

  Tender jarayoni bir qator bosqichlarda bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 22-may kuni dastlabki tanlov ishtirokchilariga takliflar bo‘yicha so‘rov yuborildi. Shunga ko‘ra, kuyidagi kompaniyalarning konvertlari taqdim etildi:

1) Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (MASDAR),

2) International Company for Water and Power Projects (ACWA Power),

3) Voltalia.

  Ayni paytda qabul qilingan takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, tender komissiyasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Moliya vazirligi vakillarini o‘z ichiga olgan.

  Ko‘rib chiqish davomida potensial investorlarning tijorat, shuningdek huquqiy va texnik ma'lumotlari baholanadi.

  Ushbu bosqich yakunida Tender komissiyasi dastlabki tanlovdan o‘tgan tender ishtirokchilarini aniqlaydi, ular loyiha bo‘yicha o‘z moliyaviy takliflarini taqdim etadilar.

  O‘zbekiston Hukumati Yaponiya Hukumati va yeTTB aksiyadorlariga eng yaxshi xalqaro tajribaga muvofiq loyihani amalga oshirishga hissa qo‘shayotgan donorlik va texnik qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchiligini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1445

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>