OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Xayriya tadbirlari doirasida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasa bolalariga Energetika vazirligi va “ERIELL Group” tomonidan chop etilgan “Super Leo” kitoblari topshirildi
  • 09.09.2021
  • 257

  “Super Leo”  – energiya samaradorligi va energiya tejamkorlik haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan xayriya nashri loyihasi hisoblanadi.

  Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat va uning boyliklarini yoshligidan boshlab tushunish, hurmat qilish va muhofaza qilishga, atrof-muhitni asrashga qanday hissa qo‘sha olishlariga yordam beradi. Kitobda yosh kitobxonlar tabiiy resurslarni qazib olish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish hamda iqlim o‘zgarishi kabi tushunchalarga ega bo‘ladilar.

  Ta’kidlash joizki, 51 nafar o‘quvchi yashayotgan ushbu bolalar uyi 1962-yilda tashkil etilgan. Bir yarim oy ichida ushbu binoda kompaniya tomonidan bolalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratadigan yirik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

  @minenergy_uz

  https://t.me/minenergy_uz/3839?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>