Yangiliklar
Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Energetika vazirligi hamda “ERIELL Group” tomonidan chop etilgan “Super Leo” kitobi turli yo‘nalishdagi xayriya va targ‘ibot tadbirlarida bolajonlar uchun tarqatilmoqda
  • 16.09.2021
  • 271

  Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan ushbu rangli kitoblar elektr energetika tarmog‘ida xizmat qiluvchi Aksiyadorlik jamiyatlariga ham tarqatilgan edi.

  Energetika vazirligi tomonidan sovg‘a sifatida taqdim etilgan o‘zbek va ingliz tilidagi mazkur kitob «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan ishchi-xodimlarning farzandlariga tarqatilmoqda.  

  Eslatib o‘tamiz, “Super Leo” — energiya samaradorligi va energiya tejamkorlik haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan xayriya nashri loyihasi hisoblanadi.

  ✔️ «O‘zbekiston MET» AJ ishchi-xodimlari hamda ularning farzandlari Energetika vazirligi hamda “ERIELL Group” kompaniyasiga o‘z minnadorligini izhor qiladi.

 

@minenergy_uz

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>