Yangiliklar
Bugun, 2021-yil 23-sentabr kuni “O‘zbekiston MET” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh hamda Turkiya Respublikasining «ASTOR» kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 23.09.2021
  • 273

  Anqara shahrida joylashgan mazkur kompaniya yevropa standartlari asosida elektr energiya uskunalari, yuqori kuchlanishli zamonaviy ishlab chiqaradi. U xalqaro bozorda 38 yillik tajribaga ega.

  Uchrashuvda «ASTOR» kompaniyasi o‘z ish faoliyati, innovatsion g‘oyalari, istiqboldagi rejalari hamda ishlab chiqarish salohiyati haqida videotaqdimot o‘tkazdi. Taqdimotda Kompaniya o‘z mahsulotlarining texnologik xususiyatlarini alohida yoritib berdi.

  ✔️ Uchrashuv yakuniga ko‘ra «ASTOR» kompaniyasi kelgusida O‘zbekistonda o‘z zavodini qurish niyatida ekanligi bildirib, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xodimlarini Anqaradagi zavodiga tajriba almashish va zavod mahsulotlarining sifati bilan tanishishga taklif qildi.

 

  ✍️  Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>