Qiziqarli xabarlar
Islandiyada CO2ni havodan yig‘a oladigan dunyodagi eng yirik zavod ish boshladi
  • 24.09.2021
  • 357

«Climeworks» startapi atmosferadan karbonat angidridni yig‘a oladigan korxona faoliyatini ishga tushirdi. Shunday qilib, to‘plangan karbonat angidrid maxsus minerallash jarayoni yordamida doimiy ravishda yer ostida saqlanadi.  Qurilma yiliga 4 ming tonna karbonat angidridni yutish uchun mo‘ljallangan.

Karbonat angidridning yutilishi global isishga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Qurilma u orqali o‘tadigan havo oqimidan karbonat angidridni ajratib yutadigan maxsus filtrlarni o‘z ichiga oladi. Qayd etilishicha, yig‘ilgan karbonat angidrid gazlangan ichimliklar ishlab chiqarishda yoki sabzavot yetishtirishda ishlatilishi mumkin.

 #buqiziq

Manba:  @Clearenergy

https://t.me/clearenergy/1153

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>